· 1 min read

Ubuntu Lifehack

Ubuntuni go'zal tomoni uni o'zingiz hohlagancha o'zgartirishlar kiritib user-friendly qilishingiz mumkin. Laptopni o'chirib keyin qayta ishga tushurganimda password kiritish jonimga tegdi. Paswordsiz ishlatamanmi yo'q. Usb ulash orqali qurilmamga passwordsiz kiraman.

Ubuntu

Keling uni logikasi qanaqa ishlashini aytaman. Siz laptopni ishga tushirganizda Enter tugmasini bosilsa jarayon quyidagicha ishlaydi:

Tekshirish: Biz yozgan skript kompyuterga ulangan qurilmalar ro'yxati turadigan maxsus jildga /dev/disk/by-uuid/ qaraydi.

Tasdiqlash: Agar o'sha jildda sizning UUID raqamingizdagi fleshka borligini ko'rsa, skript kompyuterning xavfsizlik tizimiga (PAM) "Hammasi joyida, bu odamga ruxsat berish mumkin" degan signal (exit 0) yuboradi.

Cheklab o'tish: Ushbu signalni olgach, kompyuter sizdan qandaydir parol so'rash jarayonini umuman bekor qiladi va sizni to'g'ridan-to'g'ri tizimga kiritib yuboradi.

Rad etish: Agar skript u jildda sizning fleshkangizni topa olmasa, tizimga "Men ruxsat bera olmayman" deydi, va tizim sizdan odatdagi parolingizni kiritishingizni so'rashda davom etadi.

‼️Muhim: Bu degani hozir kompyuteringiz xavfsizligi endi qisman shu fleshkaga bog'liq. Agar kimdir bu fleshkani kompyuteringizga ulasa, u kompyuter parolini bilmasa ham profilingizga bemalol kira oladi. Fleshkani yo'qotib qo'ymang 🤫

Keling endi buni qilishni boshlaymiz.

  1. Ubuntu OS quribmaga xotira kartasini ulang. Bu buyriq bilan kompyuterdagi barcha disklar ro'yxati chiqadi. UUID yozib qo'ying
lsblk -f
  1. Endi kompyuterimizga fleshka ulanganini tekshirib beruvchi fayl yaratamiz.
sudo nano /usr/local/bin/usb_login.sh

GNU nano oynasi ochiladi. va siz bu skriptni kiritishingiz kerak

#!/bin/bash
if [ -e "/dev/disk/by-uuid/SIZNING-UUID-KODINGIZ" ]; then
    exit 0
else
    exit 1
fi

Yuqoridagi uuid shu yrga yozasiz. uuid ABCD-1234 tahminan shunaqa bo'ladi.
Saqlash uchun Ctrl + O ni bosing, Enter bilan tasdiqlang va Ctrl + X chiqing

  1. Skriptimizni tizim o'qishi uchun unga ruxsatni berishimiz kere
sudo nano /etc/pam.d/common-auth
  1. Endi tizim kirish sozlamalarini tahrirlaymiz
sudo nano /etc/pam.d/common-auth

Faylning ichidan auth [success=1 default=ignore] pam_unix.so nullok degan qatorni qidiring. shu qatorning tepasiga quyidagini yozing:

auth    sufficient    pam_exec.so quiet /usr/local/bin/usb_login.sh

keyin esa Ctrl + O, Enter va Ctrl + X

Endi ishlatib ko'ring, terminalda sudo reboot yoki shunchaki super + L

Share this post

Read next