· 2 min read
Linux Ubuntu muhitida .exe fayli bilan qanday ishlaymiz ?
Contents
- Ubuntu muhitida da Windows dasturlarini ishlatish Wine o'zi nima va u qanday ishlaydi?
- * Dastur xuddi o'zining uyida turgandek bemalol ishlaydi.
- * Ortiqcha tizim resursi isrof bo'lmaydi, dasturlar xuddi Windows'dagi kabi tez (native) ishlaydi.
- 1. Wine dasturini o'rnatish:
- 2. Dastur o'rnatilgandan so'ng, .exe faylingiz joylashgan papkaga borishiz kere (masalan, cd Downloads).
- 3. Faylni ishga tushirish uchun quyidagi buyruqni berasiz:
Ubuntu muhitida da Windows dasturlarini ishlatish Wine o'zi nima va u qanday ishlaydi?
Ubuntu'ga o'tdingiz, hammasi zo'r, tizim tez va xavfsiz. Lekin ba'zida faqat Windows'da ishlaydigan qadrdon dasturlar yoki qandaydir .exe fayllar kerak bo'lib qoladi. Ularni Linux'da qanday ochish mumkin? Aynan shu joyda sahnaga Wine chiqadi.
Wine emulator emas Ko'pchilik foydalanuvchilar uni Windows emulatori deb o'ylaydi, lekin aslo unday emas hatto nomining o'zi ham qisqartma: Wine Is Not an Emulator. Emulatorlar (masalan, VirtualBox) butun boshli operatsion tizimni simulyatsiya qiladi. Buning uchun esa kompyuterdan juda ko'p operativ xotira (RAM) va protsessor quvvati talab qilinadi.
Wine esa – bu shunchaki "tarjimon" (compatibility layer).

U qanday ishlaydi ? Tasavvur qiling, Windows dasturlari ishlashi uchun tizimga o'zining tilida (Windows API) murojaat qiladi. Masalan, dastur kompyuterga: "ekranga mana bu tugmani chiz" yoki "xotiradagi faylni o'qi" deydi. Linux yadrosi (kernel) esa bu tilni umuman tushunmaydi, chunki uning o'z arxitekturasi bor.
Wine aynan ularni o'rtasida ko'prik vazifasini bajaradi, .exe fayldan kelayotgan Windows API buyruqlarini o'sha soniyaning o'zida tezkorlik bilan Linux tushunadigan tilga (POSIX chaqiruvlariga) o'girib beradi.
* Dastur xuddi o'zining uyida turgandek bemalol ishlaydi.
* Ortiqcha tizim resursi isrof bo'lmaydi, dasturlar xuddi Windows'dagi kabi tez (native) ishlaydi.
Nimalar uchun qulay ?
- Linux'da muqobili yo'q bo'lgan kichik Windows utilitalarini ishga tushirish uchun.
- Yengil dasturlarni ochish uchun.
Lekin bitta narsani unutmang! (Muhim)
Hammasi ham doim silliq kechavermaydi.
.exefaylni Wine orqali ochdingiz degani, u 100% xatosiz ishlaydi degani emas. Ayniqsa, hardware bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan dasturlar (masalan, fleshkaga operatsion tizim yozadigan utilitalar, apparatlarni proshivka qiluvchi dasturlar, murakkab drayverlar) ko'pincha ishlamaydi. Nega? Chunki Wine oddiy buyruqlarni tarjima qila olgani bilan, to'g'ridan-to'g'ri hardware yoki yadro darajasiga ta'sir qiluvchi so'rovlarni alday olmaydi.

O'rnatish va ishlatish
1. Wine dasturini o'rnatish:
sudo apt update
sudo apt install wine
2. Dastur o'rnatilgandan so'ng, .exe faylingiz joylashgan papkaga borishiz kere (masalan, cd Downloads).
3. Faylni ishga tushirish uchun quyidagi buyruqni berasiz:
wine fayl_nomi.exe
Eslatma: Dasturning qanday yozilganiga qarab hamma
.exefayllar ham Wine'da 100% xatosiz ishlayvermaydi ayniqsa (updater) dasturlar USB portlar bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlashi kerak bo'lsa, qiyinchilik bo'lishi mumkin.


